Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryolik iste’molchilar nimalardan norozi? Statistika

Qashqadaryolik iste’molchilar nimalardan norozi? Statistika

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlariga o‘tgan 2022-yil davomida iste’molchilardan jami 874 ta murojaat qabul qilindi.

Murojaatlarning 290 tasi yozma, 487 tasi og‘zaki, 97 tasi elektron shaklda bo‘lib, ushbu murojaatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi ta’minlangan.

Xususan, murojaatlarning 357 tasi savdo, 174 tasi gaz ta’minoti 99 tasi elektr energiyasi ta’minoti, 36 tasi suv ta’minoti, 29 tasi kommunal xizmat ko‘rsatish, 12 tasi sog‘liqni saqlash, 27 tasi xizmat ko‘rsatish (servis), 12 tasi transport xizmati, 111 tasi iste’molchilar muammoga duch kelgan boshqa sohalarga oid bo‘lib, murojaatlar sohalar kesimida ko‘rib chiqilgan va iste’molchilar manfaatlariga yetkazilgan jami 1 milliard 604 million, 624 ming so‘m moddiy va ma’naviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi ta’minlangan.

Shuningdek, iste’molchilarning jamoat birlashmasi aralashuvi bilan joyida o‘z yechimini topmagan muammoli masalalar sud tartibida yechilishiga erishilgan.

Jumladan, o‘tgan yil davomida 109 ta holatda iste’molchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, iste’molchilar manfaatlariga yetkazilgan 594 million 323 ming so‘m zarar sud qarorlari asosida undirililishi ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring