Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Teshayev Shuhrat Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchisi, ma’lumot bo‘yicha olim-agronom hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan. Jumladan, O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh direktorining o‘rinbosari, «Paxta» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lib faoliyat yuritgan.

Biroz vaqt oldin Abrol Vahobov Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi. U avval Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring