Qo‘qon shahri sudyasi YTHga uchradi

3-yanvar kuni Farg‘ona shahrida jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi M. U. ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
M. U. boshqaruvidagi «Neksiya-2» va yo‘l transport hodisasining yana bir ishtirokchisi X. A. boshqaruvidagi «Neksiya-3» avtotransport vositalari shikastlangan. Ikki tarafdan ham og‘ir bo‘lmagan tan jarohati olganlar bor.
Ayni paytda holat yuzasidan vakolatli organ xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter