Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qora laylak — kamyob tur. Ammo «Surxon» qo‘riqxonasida uchratish mumkin

Qora laylak — kamyob tur. Ammo «Surxon» qo‘riqxonasida uchratish mumkin

«Surxon» davlat qo‘riqxonasi hududida «Qizil kitob»ga kiritilgan tabiatan kamyob tur qora laylaklar borligi aniqlandi. Bu haqda Ekologuz kanalida xabar qilindi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lumoti ko‘ra, qora laylaklar G‘arbiy Tyan-Shan, G‘arbiy Pomir-Oloy tekisliklari va pasttog‘li hududlarida, O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Yevropa, G‘arbiy Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq, Koreya, Xitoy shimoli (uyalash) Afrika, Hindiston, Xitoy janubida (qishlash) uchraydi.

Bahorgi uchib o‘tishi fevral-mart oylarida kuzatiladi. Qoyalar va jarliklarda uyalaydi. Aprel-may oyida 2-5 ta tuxum qo‘yadi. Poloponlari iyun-iyul oyida ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tishi avgust-sentyabr oylarida kuzatiladi. Mayda baliqlar, qurbaqalar, sudralib yuruvchilar va umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Qurama tog‘ining shimoliy yonbag‘irlarida qora laylaklardan 4-5 juft, Chotqol tog‘ining Qoraboshsoy, Shovozsoy, Aqchasoy, Qoraboysoyida kamida 10 juft, Sheroboddaryoda 1 juft va «Surxon» davlat qo‘riqxonasida 10-12 juft atrofida uyalaydi.

Surxondaryo viloyatida turli yillarda 50–80 donagacha ushbu turga mansub qushlarni uchratish mumkin. Keyingi o‘n yilliklarda G‘arbiy Tyan-Shanda soni biroz oshgani kuzatilmoqda. Dunyodagi populyasiyasi 24–44 mingta deya e’tirof etiladi.

Qora laylaklarni ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan. Ushbu qushlar SITESning II va Bonn konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring