Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi direktori olamdan o‘tdi

Kecha Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi direktori Baxitbek Elmonov vafot etdi. Hozircha uning nima sababdan olamdan o‘tgani haqida aniq xabarlar ma’lum qilinmayotir.
48 yil umr ko‘rgan B. Elomonov tashabbuskorligi va tinib-tinchimasligi bilan tilgan tushgandi. Nukus davlat pedagogika institutida ishlayotgan davrida o‘sha paytning yoshlar tashkiloti bo‘lmish «Kamolot» ijtimoiy harakatining faol a’zosi sifatida «Elegant» markazini ochgandi.
B.Elmonov ushbu oliy o‘quv dargohida bo‘lajak jurnalistlarga dars berish bilan birga o‘zining jurnalistik faoliyatini ham havas qiladigan darajada olib bordi. U «Jaslar-TV» telekanali va «Nukus - FM» radiostansiyalarini tashkil qilgan.
2018-yildan e’tiboran Qoraqalpoq teleradiokompaniyasi direktori lavozomida ishlab kelayotgandi.
Marhumni O‘zi rahmat qilsin, yaqinlariga chiroyli sabr bersin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter