Qoraqalpog‘istonda 20 yoshli qiz olib qochildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida 4 fevral kuni uch nafar fuqaro bir qizni olib qochdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro A.X. (1996 yilda tug‘ilgan) ikki nafar tanishi bilan B.O. ismli qizni (2002 yilda tug‘ilgan) erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun zo‘rlik ishlatib olib qochgan.
Fuqaro B.O. 4 fevral kuni soat 21:00 larda Beruniy tumani IIB boshlig‘i nomiga yuqoridagi holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter