Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan 3 nafar egiz qizga ism qo‘yildi

Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan 3 nafar egiz qizga ism qo‘yildi

Foto: «Kruz.uz»

Shu yilning 23-yanvar kүni Nukus tumanida 3 ta egizak qizlar dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘pchilik egizak qizlarga qanday ism qo‘yilishi borasida turli xil fikrlarga borishdi. Kimlardir bu egizaklarga ham davlat rahbari sharifiga ism qo‘yilishini taxmin qilishdi, deb xabar berdi «Kruz.uz».

Egizak qizlarga Barchin, Gavhar, Gumus (Kumush) deb ism qo‘yilgan. Bu haqda Nukus tumani Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Abatova Sarbinaz xabar bergan.

«Egizak qizlarimga ota-onam ism qo‘yishdi. Boshida Prezidentimiz sharafiga ism qo‘ymoqchi edik. Ammo qizlarga xos ism topolmadik», — degan egizaklarning otasi Murat aka.

Endi Neytbay aka va Tinshgul opaning 6 nafar nevarasi bor: Alpomish (katta farzand), Aydana va Guldana (birinchi egizaklar), Barchinoy, Gavharoy va Gumusoy (ikkinchi egizaklar). Barchalarini familiyasi buvalari ismiga monand Neytbayev va Neytbayeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring