Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimlarini urgan rahbar jazoga tortildi

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimlarini urgan rahbar jazoga tortildi

Foto: YHXBB matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqda «Qoraqalpog‘iston YHXB boshlig‘i YPX xodimlarini haqoratlab, ularga kuch ishlatdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video tarqaldi.

Unda aytilishicha, rahbar YPX xodimlarini kam protokol tuzishda ayblab, kuch ishlatgan. 

Videoda aks etgan holat, 2021-yilning 14-fevral kuni sodir bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan vazirlikning yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi kapitan B.Xojanovga nisbatan tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha, kapitan B.Xojanov ko‘l ostidagi xodimlarga qupol munosabatda bo‘lganligi hamda xizmatda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun «lavozim maoshining 30 foizi miqdorida ushlab qolish» qattiq intizomiy jazo chorasi ko‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring