Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni davlatlar O‘zbekistonga do‘stmi? Ularning fikrlari o‘zgarmoqda

Qo‘shni davlatlar O‘zbekistonga do‘stmi? Ularning fikrlari o‘zgarmoqda

Foto: «President.uz»

«YeOTB integratsion barometri» loyihasi 2012-yildan buyon faoliyat olib boradi. Tadqiqotlardan maqsad MDH mintaqasidagi davlatlar aholisining tashqi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa integratsion yo‘nalishlardagi fikrlarini bilishdir. Joriy yilda ham Yevroosiyo Taraqqiyot bankining Integratsion tadqiqotlar markazi «YeOTB integratsion barometri» deb nomlangan integratsion tadqiqotlar natijasi ma’lum bo‘ldi. Unda MDH mintaqasida yashovchi aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari bilan tanishish mumkin.

Natijalarga ko‘ra, keyingi bir yilda ayrim mamlakatlar aholisining qarashlarida keskin o‘zgarishlar yuz bergan. Xususan, Qozog‘istonda aholining O‘zbekistonga nisbatan ishonchi 9 punktga — 24 foizga oshgan.

Tojikistonda ham O‘zbekistonga nisbatan ishonchsizlik va xavotir 14 foizgacha pasaygan.

Tadqiqotda aytilishicha, Tojikiston aholisining ommaviy tafakkurini «O‘zbekiston do‘st emas» degan fikr tark etmoqda. 2012-yilda bu ko‘rsatkich 64 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, Qirg‘izistonda xuddi shunday fikrda bo‘lganlar miqdori 19 punktga kamayib, 33 foizni tashkil etgan. 2016-yilda tadqiqotda ishtirok etganlarning 52 foizi «O‘zbekiston Qirg‘izistonga do‘st emas» degan fikrni bildirgan.

Qayd etilishicha, rossiyaliklarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi 4 punktga oshib, 26 foizga yetgan. Bu kuzatuvlar o‘tkazilayotgan yillardagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring