Qozog‘iston g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ko‘mashlashish niyatida emas

Timur Suleymenov.
Qozog‘iston Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan oladi, Qrimning Rossiya tarkibiga kirishini oqlamaydi va g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ko‘mashlashish niyatida emas. Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Timur Suleymenov «Euroactive»ga bergan intevyusida shularni ta’kidladi.
«Qozog‘iston AQSh va YI ning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun vositaga aylanmaydi. Biz sanksiyalarga amal qilamiz... Biz Rossiyaga investitsiya kiritishda va Rossiyaga investitsiyalarni jalb etishda davom etamiz: bizning iqtisodiyotimiz boshqachasiga ishlashi mumkin emas. Biroq biz sanksiyaga tushgan shaxslar yoki tashkilotlarning sanksiyalangan tovarlari va investitsiyalarini nazorat qilish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz», — dedi Suleymenov.
Suleymenov Rossiya «biz uning tarafida bo‘lishimizni istaydi», biroq Qozog‘iston Ukrainaning hududiy yaxlitligi masalasida faqat BMT qarorini hurmat qiladi, dedi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter