Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston MXQ sobiq raisi Karim Masimovning uyidan «xazina» topildi

Qozog‘iston MXQ sobiq raisi Karim Masimovning uyidan «xazina» topildi

Foto: «kz.media»

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Karim Masimovning uyidan 17,2 million AQSh dollari miqdorida naqd pul topilgan.

Shuningdek, uning uyidan topilgan ko‘plab hashamatli va antiqa buyumlar – qimmatbaho soatlar,  quyma tillalar musodara qilingan. Unga tegishli 11 ta qimmatbaho avtomobillar olib qo‘yilgan.

Nur-Sulton shahridagi ikkita hashamatli kvartira, Olmaotadagi ikkita kvartira va qasr, shuningdek, Shchuchinsko-Borovoye kurort hududidagi ko‘l qirg‘og‘ida joylashgan 1 gektar yer uchastkasi musodara qilingan.

Masimovning yaqin qarindoshlaridan 5,1 million dollarlik mol-mulk ham davlatga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov hamda uning sobiq o‘rinbosari Anvar Sadikulovga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring