Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila qayd etildi

Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila qayd etildi

Foto: «Express-k.kz»

«NewTimes.kz» axborot agentligi mamlakat seysmik stansiyalari tarmog‘iga asoslanib xabar berishicha, bugun, 23-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:02 da Olmaotadan janubi-sharq tomon 97 kilometr uzoqlikda — Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila kuzatilgan.

Magnitudasi 4,6 ga teng zilzila yer ostida, 15 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Yer ustida silkinishlar sezilmagan.

Qozog‘iston seysmologlari yana ikkita 4,3 va 4,6 magnitudali yer silkinishini qayd etishgan. Ma’lumotga ko‘ra, ular Olmaota vaqti bilan soat 2:23 va 5:06 da Xitoyning Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegarasiga yaqin hududida sodir bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring