Qozog‘iston sobiq adliya vaziri 9 yilga qamaldi, mol-mulki musodara qilindi

Qozog‘iston sudi hukmi bilan sobiq adliya vaziri Marat Beketayev to‘qqiz yil muddatga qamaldi.
U firibgarlik, yirik miqdordagi o‘zlashtirish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanishda aybdor deb topildi.
Sobiq vazirning tergovi «maxfiy» tamg‘asi ostida olib borilgani uchun ishga oid tafsilotlar ochiqlanmagan.
Beketayev 2023-yil oktyabrida qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u affillangan kompaniya manfaatlariga xizmat qilgan: har yili xizmatlar uchun shartnoma tuzgan, aslida bu xizmatlarning amaliy ahamiyati bo‘lmagan. Korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi bayonotiga ko‘ra, oqibatda davlatga yirik miqdorda ziyon yetkazilgan.
Qamoq jazosidan tashqari, sud mahkumning mulkini musodara qilish haqida ham qaror chiqardi.
Marat Beketayev 2016–2022-yillarda Qozog‘iston adliya vaziri bo‘lgan, keyin, 2023-yil boshiga qadar bosh vazir maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter