Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Ukrainaga gumanitar ko‘mak jo‘natdi

Qozog‘iston Ukrainaga gumanitar ko‘mak jo‘natdi

Qozog‘iston Ukrainaga gumanitar yordam yubormoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Asosan dori-darmondan iborat dastlabki gumanitar ko‘mak Olmaota aeroportidan 14 mart kuni jo‘natildi. Shuningdek, 15 mart kuni ham yordam yo‘llanishi kutilmoqda. Hozircha Qozog‘iston tomonidan Ukrainaga ajratilgan gumanitar ko‘mak hajmi 28,2 tonnani tashkil etadi.

Urush kechayotgan mamlakat xalqiga atalgan dori-darmonni xavfsiz yetkazish uchun qo‘shni davlatlar bilan kelishuvga erishilgan. Olmaotadan parvoz qilgan samolyot Polshaning Katovitse shahrida qo‘nadi va gumanitar ko‘mak tegishli yo‘nalishda yetkaziladi.

Qayd etilishicha, Ukraina tomoni ko‘mak so‘rab Qozog‘istonga murojaat qilgan va prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev so‘rovni rad etmaslik haqida topshiriq bergan. Xalqaro gumanitar ko‘mak bo‘yicha komissiya ham ukrainaliklar ko‘mak berish haqida qaror qabul qilgan.

Avvalroq Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqotda Ukrainada vaziyat murakkab ekanini qayd etib, hozirgi vaziyatda BMT nizom va me’yorlariga qat’iy rioya qilishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Q.To‘qayev Ukrainaning tinch aholisi va infratuzilmasiga zarar yetkazishni to‘xtatish, ziddiyatni diplomatik yo‘li bilan hal etish muhimligini ham aytgan edi. O‘zaro muloqotda Qozog‘iston Ukrainaga gumanitar ko‘mak yo‘llashga tayyor ekani ham bildirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring