Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 5 nafarga yetdi

Qozog‘istonda bugun, 4-aprel kuni koronavirusdan o‘lim holati yuz bergani haqida «Zakon.kz» xabar berdi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Oqmo‘la viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan biri olamdan o‘tgan. Qo‘shni mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlar jami soni besh nafarga yetdi.
Mamlakatda koronavirus 525 kishida aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter