Qozog‘iston prezidentiga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

25-mart kuni Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat prezidenti va yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotgan xorijiy razvedka agentini qo‘lga oldi.
U Qozog‘iston fuqarosi ekani aytilmoqda.
Shu bilan birga, u maxsus va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan, deyiladi xabarda.
Tintuv natijasida xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i, giyohvand moddalar va katta miqdorda pul topilgan. Qurollar Qozog‘istonga qisman professional niqoblangan holda olib kelingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter