Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga superprezident endi kerak emas

Qozog‘istonga superprezident endi kerak emas

Foto: «Akorda.kz»

«Qozog‘iston Respublikasining ayrim konstitutsiyaviy qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi uchun tartibga solish siyosati bo‘yicha maslahat hujjati ishlab chiqildi.

Hujjat prezidentning Qozog‘iston xalqiga «Yangi Qozog‘iston: yangilanish va modernizatsiya yo‘li» murojaatnomasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi doirasida ishlab chiqildi, deyiladi xabarda.

Qozog‘istonda boshqaruvning superprezidentlik modeli shakllangan. Mamlakat taraqqiyotining dastlabki bosqichida bu o‘zini oqladi. Biroq jamiyat o‘zgarmoqda, mamlakat o‘zgaryapti. Siyosiy tizim esa doimo yangi voqelikka moslashishi kerak, deya ta’kidlashgan hujjat mualliflari:

Bugun mamlakatda deyarli hamma narsa prezidentga borib taqaladi, tub xato ana shunda. Bunday amaliyotdan asta-sekin voz kechish kerak.

Partiya tuzilmalarining davlat apparati bilan chatishib ketganligi ham salbiy holat, deya baholanmoqda. Siyosatdagi monopoliya turli ijtimoiy buzilishlar va davlatning tanazzuliga olib keladi.

Shu bois hukumat tarmoqlarini qayta shakllantirish va qonunchilikka qator o‘zgartishlarni kiritish taklif etilmoqda.

Qozog‘iston prezidenti vakolatlariga doir taklif etilayotgan o‘zgartishlar:

  • Prezident o‘z vakolatlarini amalga oshirish davrida siyosiy partiyalarga a’zoligini qonun yo‘li bilan taqiqlash;
  • Prezidentga viloyatlar, respublika ahamiyatidagi shaharlar va poytaxt hokimlarining qarorlarini bekor qilish yoki to‘xtatib turish huquqini beruvchi vakolatlarni chiqarib tashlash;
  • Prezidentning viloyat ahamiyatiga ega tumanlar va shaharlar, shahar tumanlari, tuman ahamiyatiga ega shaharlar, qishloqlar, posyolkalar, qishloq okruglari hokimlarini lavozimidan ozod etish huquqini bekor qilish;
  • Prezidentning yaqin qarindoshlari davlat organlari va davlat ishtirokidagi sektor sub’yektlarida rahbarlik lavozimlarini egallashini qonun yo‘li bilan taqiqlash.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi, Respublika budjeti ijrosini nazorat qilish bo‘yicha hisob qo‘mitasi, Konstitutsiyaviy kengash raislari va a’zolarini partiya a’zoligidan majburiy chiqarib yuborish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu hujjatda, parlament, saylov tizimini isloh qilish, saylov jarayonlarini modernizatsiya qilish haqida ham gap boradi.

Hujjat 11-mayga qadar jamoatchilik muhokamasi uchun Qozog‘istonning Ochiq Normativ-huquqiy hujjatlar portalida joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring