Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh nuri kimlarni zararlaydi?

Quyosh nuri kimlarni zararlaydi?

Foto: “Lechenie-simptomy.ru”

Xastalikning oldini olish va muammoni bartaraf etish uchun bir nechta oddiy profilaktik qoidalarga rioya etish talab etiladi.

Quyoshda terining ta’sirlanishi qanday dard?

Bu holat fotodermatoz deb ataladi. U terining quyosh nuriga haddan ziyod javob reaksiyasi hisoblanadi. Teridagi toshmalar quyosh nuri ta’sir eta boshlagandan daqiqalar, soatlar va sutkalar o‘tishi bilan vujudga kelishi mumkin. Kechishi esa haftalab, oylab vaqtni olishi bilan xavfli. Fotodermatozlar boshqa teri kasalliklarga xos bo‘lmagan belgilarga ega. Uning asosiy simptomlari qizarish, teri qichishishi, teri po‘stining ko‘chishi, qorin bo‘shlig‘ida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Natijada terida qizish reaksiyasi kuchayib, ba’zi hujayralar o‘lib ketadi, bu esa kuchli yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.

Toshmalar asosan tananing qayerida kuzatiladi?

Toshmalar asosan tananing ochiq sohalarida paydo bo‘ladi. Masalan, ular birinchi navbatda peshonada, keyin yanoqlar, burun, quloq supralari, bo‘yinning orqa-yon sohalari, ko‘krakning old-yuqori qismi, qo‘l-oyoqlarning yozuvchi joylarida ham kuzatilishi mumkin. Qovoqlar, burun, lab burmalari, barmoqlar orasi, quloq supralari orti terisi, iyak-dahan osti terilariga quyosh tegmasligi sababli bu joylar ko‘p zararlanmasligi mumkin. Ammo toshmalar kuzatilmaydigan sohalar ham tashxislashda katta ahamiyatga egadir. Mahalliy immunitetning balandligi, qoraygan sohaning himoya qilish xususiyatiga ko‘ra ochiq terilar har doim ham jarohatlanmasligi mumkin. Aksincha, kiyimlar terini yetarlicha himoya qila olmasligi sabab yopiq joylar ham quyosh tig‘idan zararlanishini ham kuzatamiz. Bu holat asosan quyosh nuri tik tushadigan vaqt ertalabki soat 10 dan kechki 4 gacha davom etadi.

Quyosh nuri ham allergen sifatida yuzaga chiqadimi?

Fotodermatoz quyosh nuri va ultrabnafsha nurlarining alergiyasidir. Ammo quyosh nurida allergenlar mavjud emas. Terining sezuvchanligi oshishi va teri ustida joylashgan moddalar fotosentezatorlar bilan rag‘batlantiriladi. Ko‘pincha ushbu xastalik bilan havaskor bog‘dorchilar, elektropayvandchilar, EHM operatorlari zarar ko‘radilar. Sababi, ular kun mobaynida lyuminissen lampalar bilan yoritilgan xonalarda ishlaydi yoki quyosh tikka kelganda ham dalada qoladi. Anamnez to‘plashda bemorning umumiy holati obdon o‘rganiladi.

Nima qilish kerak?

Xastalikning oldini olish va muammoni bartaraf etish uchun bir nechta oddiy profilaktik qoidalarga rioya etish talab etiladi. Fotosensibilizatsiya ta’sirga ega bo‘lgan barcha dori-darmonlar va boshqa turdagi vositalarni cheklash zarur. Soat 10:00 dan 16:00 oralig‘idagi quyosh nuridan saqlanish, yumshoq va paxtali himoya kiyimlarni kiyib yurish, to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanishni tashkil etish, ko‘proq suv ichish (kamida 2 litr), shifokor tavsiyasiga ko‘ra dori-darmonlarni qabul qilish, terining yallig‘lanishiga olib keladigan potologiyalarni o‘z vaqtida davolash, muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishni ta’minlash. Murakkab davolash va profilaktika qoidalariga sodiqlik bilan amal qilish orqali to‘liq tiklanib ketishga erishish mumkin.

Shuningdek, davolashda mahalliy davo va teridagi o‘zgarishlarga mos kortikosteroidli surtmalar tavsiya etiladi. Og‘ir holllarda nur bilan davolash kurslari o‘tqaziladi yoki kortikosteroidlar va immunodepresantlar buyuriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring