Rim papasini saylashdan avval kino ko‘rildi

«Konklav» (2024) filmidan kadr
Katolik kardinallari yangi Papa saylovi oldidan «Konklav» filmini tomosha qilishdi. Bu haqda Politico nashri ruhoniylardan biriga asoslanib xabar berdi.
Konklav, ya’ni Rim papasi saylanadigan kengashda 133 nafar kardinal qatnashdi. Ularning ko‘pchiligi uchun bu ilk tajriba, shu bois Reyf Fayns bosh rolni o‘ynagan yuqoridagi film tomoshasi ular uchun o‘ziga xos repetitsiya bo‘ldi.
Katolik cherkovi vakillarining aytishlaricha, «Konklav» — haqiqiy «o‘quv qo‘llanmasi», chunki saylov jarayoni ipidan ignasigacha ko‘rsatib berilgan. Film Rim papasi Fransiskning o‘limidan bir necha oy avval katta ekranlarga chiqarilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha konklav yangi Rim papasini sayladi — tarixda birinchi marta amerikalik kardinal rim-katolik cherkoviga rahbar bo‘ldi. Robert Prevo Vatikan taxtiga Lev XIV nomi ostida chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter