Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu orzusidagi mukofotga erishdi

Ronaldu orzusidagi mukofotga erishdi

Foto: «Forzajuve.ru»

Futbol tarixidagi oltin iz. Krishtianu Ronaldu sportdagi ajoyib yutuqlari uchun «Golden Foot» mukofotiga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi «Sports.ru».

G‘olibni butun dunyodagi muxlislar aniqlab berishdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, «Yuventus» hujumchisi barchani, hatto, o‘zining azaliy raqibi Lionel Messini ham ortda qoldirdi. An’anaga ko‘ra g‘olib Chempionlar xiyobonida oyoqlarining izini qoldirdi.

«Bu men uchun sharaf. Bir kun kelib bu mukofotni olishni orzu qilardim. Agar tarixga nazar solsangiz, taqdirlanganlarning hammasi futbol afsonalari hisoblanadi. Men uni olganimdan xursandman, bunday mukofot muzeyimdagi birinchisi, men baxtiyorman», — dedi sportchi.

«Golden Foot» mukofoti 17 yildan beri o‘z egalariga topshirib kelinmoqda. Uni birinchi bo‘lib italiyalik mashhur hujumchi Roberto Bajo qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring