Rossiya harbiylari Surxondaryoga yetib keldi

Surxondaryo viloyati hududidagi «Termiz» poligonida O‘zbekiston – Rossiya Qurolli Kuchlari hamkorligida o‘tkaziladigan qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etuvchi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari mamlakatimizga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
Mehmonlar Termiz xalqaro aeroportida kutib olindi.
Hamkorlikdagi o‘quvlar bugun, 30 iyuldan boshlanadi.
Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.
Mashg‘ulotlar jarayoni batafsil yoritib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter