Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Ukraina yangi muzokaralarda nimalarga kelishgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya va Ukraina yangi muzokaralarda nimalarga kelishgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Reuters.

Bugun 2 iyun kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. OAV uning ayrim tafsilotlarini ochiqlamoqda. 

Rossiya Ukrainaga mojaroni hal qilish shartlarini o‘z ichiga olgan memorandum loyihasini berdi, hujjat bir hafta ichida o‘rganib chiqiladi, dedi Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov.

Unga ko‘ra, Kiyev navbatdagi uchrashuvni iyun oyi oxirida o‘tkazishni taklif qilgan.

Rossiya va Ukraina o‘lganlarning jasadlarini “6000 ga 6000” formulasi bo‘yicha almashishga kelishib oldi”, dedi Rustem Umerov.

Ukraina delegatsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar og‘ir yaradorlar va 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni qaytarishga ham e’tibor qaratib, yangi mahbuslar almashinuvini amalga oshiradilar.

Bundan tashqari Ukraina Rossiya hududiga deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni qaytarishni so‘ragan. 

O‘t ochishni to‘xtatish va prezidentlar uchrashuvi masalasi ham kun tartibiga qo‘yilgan, ammo bu borasida kelishuvga erishilgani yo‘q. Rossiya faqat frontning ayrim qismlarida o‘t ochishni to‘xtatmoqchi, bu murdalarni yig‘ish ishlarini osonlashtiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring