Rossiyaning ikkinchi vaksinasi oktyabrda tayyor bo‘lishi mumkin

«Rospotrebnadzor» Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi oktyabr oyida ro‘yxatdan o‘tishga tayyor bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Dori «Vektor» markazi tomonidan tayyorlanyapti.
Vaksina klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi sentyabr oyida nihoyasiga yetadi. Sinovlar natijalari olinganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tishga ariza topshirish mumkin.
«Tadqiqotlarda 86 kishi qatnashyapti, ular ikki guruhga bo‘lingan: birinchi guruh (43 nafar ko‘ngilli) «EpiVakKorona» vaksinasini, ikkinchi guruh (43 nafar ko‘ngilli) platseboni qabul qildi», — deb yozmoqda «Interfaks» «Rospotrebnadzor»ga asoslanib.
Barcha ko‘ngillilar 23 sutkaga shifoxonaga yotqizilgan. Ular o‘zlarini yaxshi his etayotgani, umumiy reaksiyalar kuzatilmayotgani aytilgan.
Agarda «Vektor» markazi vaksinasi oktyabrda ro‘yxatdan o‘tsa, uni noyabrdan keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlashmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter