«Ruh 5:13»: qo‘rqinchli o‘zbek trillerining yangi qismi ekranlarga chiqdi

Filmdan skrinshot
Andijonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan va O‘zbekistonda ilk bor qo‘rqinchli trillerga asos solgan «Ruh 5:13» filmini ko‘pchilik yaxshi eslasa kerak. Ushbu kinokartinaning yangi qismi ham ekranlarga chiqdi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor yana Shavkat Jayron bo‘lib, film 2018-yil 20-yanvardan tomoshabinlarga taqdim etiladi. Oldingi uchta qismi o‘zbek kinosida yangilik bo‘lgani uchun tomoshabinlar orasida yomon taassurot qoldirmagandi.
«Ruh 5:13. 4-qism», o‘zbek trilleri
Davomiyligi: 88 daqiqa
Ishlab chiqarilgan yili: 2018-yil
Ssenariy muallifi: Shavkat Jayron
Postanovkachi rejissyor: Shavkat Jayron
Postanovkachi operator: Nozim Tolipov
Bastakor: Doniyor Sa’dullayev
Prodyuser: Shuhrat Jayron
Rollarda: Madina Abdullayeva, Shuhrat Jayron, Shohista Xolmatova, Shohrux Islomov, Aziza Aripboyeva, Shavkat Jayron, Feruza Hasanova, Asliddin Rahimov, Dilnoza Satimova
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter