«Saylov-2021» jarayonlarini yoritish uchun yangi «Xalqaro media-xoll» tashkil etildi

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan «Yoshlar ijod saroyi»da «Saylov-2021» jarayonlarini yoritish uchun yangi «Xalqaro media-xoll»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Media-xolda mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari uchun turli brifinglar, matbuot anjumanlari o‘tkazish, siyosiy partiyalar, davlat va jamoat tashkilotlari, xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, intervyular olish, turli ko‘rsatuvlar, mediamahsulotlar suratga olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Tashkilotchilarga ko‘ra, yangi media markazda 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar, vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, diplomatik korpus, xalqaro kuzatuvchilar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, faol yoshlar ishtirok etdi.
«Xalqaro media-xol» 2021 yilning 26 oktyabriga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter