Sen bo‘lmasang boshqasi: Lavessi o‘rniga Bernard!

Esekiel Lavessi
So‘nggi paytlarda «Barselona» himoyachisi Maskerano bilan bog‘liq turli gap-so‘zlarni chiqishiga sababchi bo‘layotgan Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubi yaqin orada yana bitta jiddiy o‘zgarish bo‘lishi haqida ma’lum qildi.
Gap shundaki, jamoaning argentinalik yulduzi Esekiel Lavessi shartnoma muddati yakunlangani sababli yaqin orada klubni tark etishi mumkin. Bordiyu shunday bo‘lsa, xitoyliklar Ukrainaning «Shaxtyor» klubi yarim himoyachisi Bernardni olib kelishni maqsad qilishgan. Braziliyalik futbolchinig amaldagi shartnomasi 2018-yilning iyunigacha tuzilgan.

Foto: «Goodfon.ru»
Eslatib o‘tamiz, futbolchi xizmatiga sal avvalroq Xitoyning yana bir klubi — «Szyansu Sunin» ham qiziqish bildirayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter