Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida «Matiz» urib ketgan 5 yoshli bolaning holati yaxshi, ota-onasi topildi

Sergelida «Matiz» urib ketgan 5 yoshli bolaning holati yaxshi, ota-onasi topildi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 yoshli bolani «Matiz» mashinasi urib ketgani va bolaning ota-onasi bundan bexabarligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. IIBB matbuot xizmati ushbu xabar yuzasidan bayonot berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, YTH kecha, tahminan soat 19:20da, Sergeli tumanidagi Mirzo Tursunzoda ko‘chasida ro‘y bergan. Besh yoshli R. S. yugurib ko‘chani kesib o‘tayotgan vaqtda 26 yoshli haydovchi Bahrom X. «Matiz» avtomobilida uni urib yuborgan. Haydovchi darhol bolani kasalxonaga yetkazib borgan. U hech qanday og‘ir jarohat olmagan.

R. S.ning ota-onasi jamoatchilik yordamida topildi va ayni vaqtda bola bilan birga. IIBB matbuot xizmati ushbu hodisani yoritishda va bolaning ota-onasini topishda ishtirok etgan blogerlar va boshqa hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring