Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonga kitob sovg‘a qildi

Tojikistonga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev «Do‘sti» maydonidagi Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub «Muhabbat maxzani» kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasini Imomali Rahmonga tuhfa qildi.
Yaqinda O‘zbekistonda Jomiyning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, «Muhabbat maxzani» nomi ostida chop etilgan edi. Prezident so‘zboshisi bilan nashr qilingan ushbu kitob Tojikiston rahbariga katta mamnuniyat bag‘ishladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter