Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ayrim yerlarni sanoatga ajratishga ruxsat berdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ayrim yerlarni sanoatga ajratishga ruxsat berdi

Arxiv foto.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqand viloyati faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida viloyatda sanoatni rivojlantirish rejasini ma’lum qildi.

— Viloyat sanoati hajmida Qo‘shrabot (0,3 foiz), Nurobod (1,2 foiz) va Oqdaryo (1,8 foiz) tumanlarining ulushi juda pastligicha qolmoqda. Shu sababli, Samarqand viloyati uchun, ball-boniteti past qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat zonalari tashkil etish uchun ishlatishga ruxsat beraman.

Bunda joriy yil davomida 88 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda Pastdarg‘om, Jomboy, Tayloq, Samarqand va Urgut tumanlarida har biri 100 gektargacha bo‘lgan yer maydoniga ega yirik sanoat zonalari barpo etiladi.

Bir oy muddatda 88 ta kichik sanoat zonalari va 5 ta yirik sanoat zonalari infratuzilmasini yaratish uchun, zarur bo‘lgan 360 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring