Shavkat Mirziyoyev yangi avtomobil modellarini ko‘zdan kechirdi (foto)

Bektemir tumani faollari bilan uchrashuvdan so‘ng davlatimiz rahbari mamlakatimizda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil yanvarda Germaniyaga rasmiy tashrifi chog‘ida «O‘zavtosanoat» AJ va «Volkswagen» konserni o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy minivenini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yetti o‘rinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslashtirish uchun juda mos keladi. Shuningdek, Isuzu zavodida ham qulay platforma mavjud.

Ma’lumki, mamlakatimizda yengil avtomobillar, yuk mashinlari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, aynan shu yo‘nalishdagi segment bo‘sh edi. Qo‘shni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.

Shu maqsadda tajriba tariqasida Volkswagen, Škoda va Isuzu liniyasida maxsus mashinalar namunalari tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev bunday yangi yo‘nalish import o‘rnini to‘ldirish va eksportni kengaytirishda muhim ekanini ta’kidlab, kerakli ko‘rsatmalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter