Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sichuan provinsiyasida «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» tadbirlari boshlandi (foto)

Sichuan provinsiyasida «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» tadbirlari boshlandi (foto)

25 aprel kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahrida «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» tadbirlari dasturi doirasida ko‘rgazmalar va roud-shoular boshlanib ketdi.

XI Sichuan xalqaro turizm ko‘rgazmasida («SCITE») Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi hamda Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston hududlarining sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘rgazmada yurtimizning yangi sayyohlik yo‘nalishlari namoyish etilmoqda.

Bundan tashqari, tashrif doirasida XKP Sichuan provinsiyasi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ouyan Szexua bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar sayyohlar oqimini o‘zaro ko‘paytirish, kadrlar tayyorlash, turizm sohasida mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

28 va 30 aprel kunlari Chansha (Xunan provinsiyasi) va Chungching shaharlarida ham sayyohlik taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring