Sirdaryoda avtobus va Damas to‘qnashdi

5 yanvar kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida Isuzu avtobusi haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida avtobus haydovchisi va 5 nafar yo‘lovchisi hamda Damas haydovchisi va bir yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter