Sobiq hisobchi prokuratura tergovchisiga 1000 dollar pora taklif qildi

«Jizzax agrokimyohimoya» XAJ Arnasoy filiali sobiq bosh hisobchisi Sh.U. Arnasoy tumani prokuraturasi tergovchisi N.A.ga ish bo‘yicha zararni kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 1000 AQSh dollarini pora tariqasida berishni taklif qilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tergovchi N.A.ning bildirgisi asosida Jizzax viloyati prokuraturasining 8, 21-bo‘limlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.U. tergovchiga xizmat xonasida 1,2 million so‘m va 100 AQSh dollarini bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter