Sobiq prezident: Yevropa ittifoqini buzish va qayta tuzish kerak

Yevropa ittifoqini hozirgi ahvolida rivojlantirgandan ko‘ra, uni tugatib, qaytadan tuzgan ma’qul. Polshaning sobiq prezidenti Lex Valensa shunday fikr bildirdi.
Siyosatchining fikricha, a’zo-mamlakatlar bir yoqadan bosh chiqara olmayotgani YeI taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lmoqda. Valensaning nazarida, YeI a’zolarining siyosiy qurilma borasidagi qarashlari boshqa-boshqa.
«Yevroittifoq tarixiga qarasak, hozirgidan ancha boshqacha sharoitlarda tuzilgandi. Agarda uning tarkibidagi davlatlar har tomonga qarab intilaversa ittifoqni saqlab qolishning imkoni bo‘lmasligi haqida Germaniya va Fransiyani men ancha yillar oldin ogohlantirganman, — deya ta’kidladi Lex Valensa.
U blok mamlakatlariga YeI ga a’zolikka qayta ariza topshirishni va bajarish majburiy bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlar ro‘yxatini tasdiqlashni taklif etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter