Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta MIB xodimi fuqarodan 31000 AQSh dollari «undirdi»

Soxta MIB xodimi fuqarodan 31000 AQSh dollari «undirdi»

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 22-oktyabr kuni firibgarlik yuzasidan IIVga hujjatlar kelib tushgan.

Unga ko‘ra, shu yil may oyida Toshkent viloyati Zangiota tumani «Bo‘zsuv» QFYda yashovchi O.U., Toshkent tumanida yashovchi X.S.ga o‘zini MIB xodimi deb tanishtirib, unga Yunusobod tumani Markaz 6-dahadagi xonadonolardan birini MIB tomonidan xatlangan va auksion savdosiga qo‘yilgan mulk sifatida ko‘rsatib, 2 oy muddat ichida arzon narxda olib berishini va’da qilgani va aldov yo‘li bilan 17-may kuni undan 31000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmaganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.U. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring