Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV rahbarining gapi Aksilkorrupsiya agentligi tanqidiga uchradi

SSV rahbarining gapi Aksilkorrupsiya agentligi tanqidiga uchradi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning shifokorlarning oyligi va odamlar pul berishi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

Gap shundaki, Inoyatov Namanganda fuqarolar bilan uchrashuvda shifokorlarning oylik maoshi haqida gapira turib, shifokor «bemorni mehr bilan davolasa, o‘zi rozi bo‘lib, barakasini berib ketishi»ni aytgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshlagan ishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, shifokorlarni rag‘batlantirish yo‘llaridan biri sifatida bemorlar bergan mablag‘ning  e’tirof etilishini qonunchilikka va mamlakatda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga zid harakat sifatida qayd etgan.

«Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortishiga hamda shifokor kasbi mavqeining pasayishiga, sog‘liqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi», – deyiladi Agentlik munosabatida.

Shuningdek, Agentlik Jamoatchilik kengashi shifokorlarni rag‘batlantirishda bemorlardan pul olish singari (ixtiyoriy yoki ixtiyoriy emasligidan qat’iy nazar) noqonuniy xatti-harakatlarni bartaraf etish hamda haq to‘lashning toifalangan mexanizmini joriy etish Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy maqsadi bo‘lishi lozimligini bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring