Stomatolog tish holatini yaxshilovchi mahsulotlarni sanadi
Rossiyalik stomatolog Ivan Mussurov Pravda.ru nashriga bergan intervyusida tish salomatligi insonning ovqatlanishiga bog‘liqligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, og‘iz bo‘shlig‘ini yaxshi holatda saqlab qolish uchun baliq va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish kerak. Bundan tashqari, diyetani yong‘oq, sabzi va o‘tlar bilan to‘ldirish mumkin, chunki ular tishdagi nuqsonlarni yo‘q qilishga yordam beradi.
Mussurov tovuq va bedana tuxumlari ham tish salomatligi uchun foydali ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, shifokorning aytishicha, qattiq meva va sabzavotlar milkni kerakli massaj bilan ta’minlaydi.
U shirinliklar har doim ham tishga zararli emasligini qo‘shimcha qildi. Xususan, asal va rezavorlar tabiiy mahsulotlar bo‘lib, ularni diyetaga kiritilishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter