Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Styuardessalikka ishga joylashni va’da qilib 1000 dollarni o‘zlashtirib yuborgan shaxsga jinoiy ish ochildi

Styuardessalikka ishga joylashni va’da qilib 1000 dollarni o‘zlashtirib yuborgan shaxsga jinoiy ish ochildi

Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Muhabbat Yu. murojaat qildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

U o‘z arizasida 2017-yilning iyun oyida tanishlari orqali aviakompaniyaga styuardessalikka ishga joylashtirishni va’da qilgan Andijon viloyatilik 26 yoshli Farhod A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘z xizmati evaziga 1000 AQSh dollari olgan Farhod pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab, styuardessani «unutib» yuborgan.

Xabarda aytilishicha, mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring