Suriya bo‘yicha muzokaralar Sochida emas, Jenevada o‘tishi kerak

Suriyadagi ichki qurolli mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar Sochida emas, balki Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Jenevada o‘tkazilishi kerak. Bu bayonot Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian tomonidan seshanba kuni e’lon qilindi, deya xabar bermoqda TASS.
Hukumat yig‘ilishi paytida Milliy majlis (parlamentning quyi palatasi) deputatlarining savollariga javob berar ekan, vazir bugungi kunda Suriyadagi vaziyat tarangligicha qolayotganini aytdi.
«Bu inqirozning yechimi BMT shafeligida favqulodda qarorlar qabul qilish bilan hal etiladi va bu Jenevada bo‘lishi kerak», — dedi Le Drian.
Uning aytishicha, Fransiya shunga erishishga harakat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter