Suriya yirik davlatlarni ayblamoqda

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja’fariy AQSh, Fransiya, Turkiya va Qatarni terrorchilarni kimyoviy qurollar bilan ta’minlashda aybladi.
«Biz bugunga kelib Doha, Anqara, Vashington va Parijni «Jabhat an-nusra», «Jaysh al-islom» kabi uyushgan guruhlarga kimyoviy qurol yetkazib berishda ayblaymiz», — dedi u BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha yig‘ilishida.
Shuningdek, Ja’fariy Suriya hech qanday kimyoviy qurolga ega emasligini ham alohida ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter