Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda «Neksiya-3» yonib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda «Neksiya-3» yonib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV Yo‘l Harakati Xavfsizligi Bosh Boshqarmasi

18-oktyabr kuni Angor tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi «Neksiya-3» rusumli transport vositasini «Samarqand-Termiz» yo‘nalishida boshqarib kelayotgan bo‘lgan. So‘ngra, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘nalishdan chiqib ketib, yo‘l bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Natijada haydovchi I.I, turmush o‘rtog‘i F.A hamda 2016-yilda tug‘ilgan S.O‘ va 2017- yilda tug‘ilgan S.I lar og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 19-oktyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring