Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli rejissyor Devid Linch vafot etdi

Taniqli rejissyor Devid Linch vafot etdi

Gollivud rejissyori Devid Linch 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi ma’lum qildi.

2024-yilda Devid Linch tuzalmas dardga chalinganini, film suratga olgan taqdirda ham, faqat masofadan ishlashi mumkinligini ma’lum qilgandi.

«Menda uzoq yillar davomida tamaki chekish oqibatida o‘pka emfizemasi paydo bo‘ldi, o‘zimga yoqadimi-yo‘qmi, endi uyga bog‘lanib qolganman. Ko‘chaga chiqa olmayman. Ozgina yura olaman, xolos, uyog‘iga havo yetishmaydi», — degandi u.

Devid Linch (1946-yilning 20-yanvarida Montana shtatining Missoula shahrida tavallud topgan) — amerikalik rejissyor, ssenariynavis, rassom va bastakor. «Oskar», «Oltin palma yaprog‘i» va «Oltin sher» mukofotlari sohibi, zamonaviy seriallar yo‘nalishiga katta ta’sir ko‘rsatgan «Tvin Piks» serialini suratga olgan. Shuningdek, «Fil-odam» (1980), «Dyuna» (1984), «Malholland Drayv» (2001) kabi filmlari bilan mashhur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas