Tarixdagi eng yaxshi «Oltin to‘p» sohibi e’lon qilindi
«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tarixdagi eng buyuk «Oltin to‘p» sohibi deb topildi.
Krishtianu Ronaldu futbolning eng nufuzli shaxsiy mukofotining rasmiy veb-saytida o‘tkazilgan ovoz berishda Lionel Messini ortda qoldirdi.
2008-yilda Ronaldu «Manchester Yunayted» safida 49 ta o‘yinda 42 ta gol urib, Yevropa Chempionlar Ligasi, Premer-liga, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va Community Shield musobaqalarida g‘olib chiqdi, «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, FIFA va UYeFAning «Yilning eng yaxshi o‘yinchisi» deb topildi.
Tarixdagi eng yaxshi beshta «Oltin to‘p» sohibi ro‘yxatiga faqat ikkita o‘yinchi kirdi: Ronaldu (3) va Messi (2). Ovoz berish pullik bo‘lib, har bir ovoz 1 yevroga tushdi va hech qanday cheklovlar yo‘q edi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. 2026-yilda Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn birinchi marta ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter