Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Temir daftar»dan ehtiyojmandlarni chiqarishda raqam ortidan quvish holati kuzatilgan — Hokim

«Temir daftar»dan ehtiyojmandlarni chiqarishda raqam ortidan quvish holati kuzatilgan — Hokim

Bugun Navoyi viloyati hokimi v.b Normat Tursunov 2021 yilgi ijtimoiy-iqisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2022 yilgi rejalar to‘g‘risida deputatlarga hisobot berdi va «Temir daftar» bo‘yicha amalga oshirilganishlar haqida gapirdi. AOKA tomonidan tashkil etilgan safar doirasida OAV vakillari ushbu kengashda ishtirok etdi.

— Shu vaqtga qadar «Temir daftar»dan chiqarish bo‘yicha raqamlarga urg‘u berish kuzatilgan. Bir martalik yordam berilgandan so‘ng daftardan chiqarib yuborish holatlari ham uchragan.
Shuning uchun 2022 yilda «Temir daftar» uchun boshqatdan ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi. Daftardan chiqarish faqat bir holatda — doimiy ish topilib, oila doimiy daromadga ega bo‘lgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.

Raqamlar ortidan qurishga bir misol keltirish mumkin — 2021 yil 1 dekabr holatiga «temir daftar»dagi extiyojmand oilalar tarkibida bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsizlarning 22919 nafari (99,5%) bandligi ta’minlangani ko‘rsatilgan. Bu raqamlar oldimizda katta ish turganini ko‘rsatib beradi.

Ularning har biri boshqatdan ko‘rib chiqiladi va daftar uchun yangidan ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi, — dedi hokim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring