Tojikiston delegatsiyasi Farg‘onaga keldi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi qo‘shni davlat rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya Farg‘onaga keldi.
«Farg‘ona» xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avaz O‘rinboyev, shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev va boshqa mutasaddilar tantanali kutib oldilar.

Tojikiston delegatsiyasi a’zolari Farg‘ona, Batken va So‘g‘d viloyatlari ishbilarmonlari uchun tashkil etilayotgan xalqaro biznes-forumda qatnashadilar. Forum doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik bo‘yicha rasmiy uchrashuvlar belgilangan.
Uch davlat ishbilarmonlarining turli yo‘nalishlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida muhim kelishuvlar imzolashlari ham kutilmoqda.
Shuningdek, mehmonlar viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini borib ko‘rishi, yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi majmualari faoliyati bilan tanishtirilishi ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter