Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazidagi bekat va do‘kon yonib ketdi

Toshkent markazidagi bekat va do‘kon yonib ketdi

Toshkent shahridagi bekat hududida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 7-noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi Furqat ko‘chasida yuz berdi. Soat 09:46 da avtobus bekati hududida joylashgan do‘kon alanga ichida qolgan. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga etib kelib, soat 09:56 da yong‘inni to‘liq o‘chirishgan.

Hodisada qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring