Toshkent viloyatida 49 000 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratiladi

2019-2020-yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan 2019-2020-yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi ma’qullandi.
Dasturga muvofiq sanoat ishlab chiqarish hajmlari 1,7 baravarga, eksport 1,4 baravarga oshadi hamda 49 000 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter