Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida koronavirus sabab 16,3 mlrd so‘mdan ortiq soliqlarni to‘lash muddati kechiktirildi

Toshkent viloyatida koronavirus sabab 16,3 mlrd so‘mdan ortiq soliqlarni to‘lash muddati kechiktirildi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent viloyatida umumiy hisobda 109 ta tadbirkorlik sub’yektlarining 16,3 mlrd.so‘mlik soliq to‘lovlarini kechiktirish bo‘yicha imtiyozlar yaratib berildi. Ushbu ish O‘zbekiston prezidentining 19-martdagi Farmoni talablari hamda tadbirkorlik sub’yektlaridan kelib tushgan murojaatlar asosida amalga oshirilgan.

Bu haqda viloyat hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan:

• 67 ta sanoat korxonalariga – 12,1 mlrd.so‘mlik;

• 5 ta qurilish korxonalariga – 0,2 mlrd.so‘mlik;

• 18 ta xizmat ko‘rsatish sohasiga – 1,5 mlrd.so‘mlik;

• 19 ta boshqa korxonalarga – 2,5 mlrd.so‘mlik imtiyozlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring