Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

skrinshot

Toshkent viloyatining Oqqurg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ining o‘limiga sabab bo‘lgan erkak sud hukmi bilan uzoq muddatga qamaldi.

Gap shundaki, 37 yoshli erkak oilaviy janjal sabab 24 yoshli turmush o‘rtog‘ining sog‘ligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan darajada do‘pposlagan. Kelin komaga tushib qolgan va shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.

Marhumaning bir yoshli farzandi bo‘lgan.

Erkak sudda Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 6-qismi «b, g» bandlari (Oilaviy zo‘ravonlik, jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘ladigan tan jarohati yetkazish) bilan aybdor deb topilgan va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring