Toshkentda beton ustunga urilgan «Lacetti» haydovchisi halok bo‘ldi

Bugun, 11-dekabr kuni taxminan soat 06:00 da Chilonzor tumani Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida YTH sodir bo‘ldi.
«Lacetti» avtomobilini ishonchnoma asosida boshqargan 1990-yilda tug‘ilgan Sh.P. boshqaruvni yo‘qotib, yorituvchi ustunning beton asosiga to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida haydovchi jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter